Figu: "Hech qachon kim yaxshiroq ekanligini tanlay olmayman - Messi yoki Ronaldu"
Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 11:08
"Barselona" va "Real" sobiq yarim himoyachisi Luish Figuning fikricha, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning saviyasi bir xil.
"Ularning ikkalasi ham jahonda tensiz. Doimo ulardan birini tanlash og'ir. Ronaldu va Messi - dunyodagi barcha individual sovrinlarni qo'lga kiritgan yagona futbolchilardir. "Hech qachon kim yaxshiroq ekanligini tanlay olmayman" - deydi Figu.