FIFA.UZ: "PES2014" va Italiya klubi futbolkasi sohiblari aniqlandi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2013
O'tgan haftada FIFA.UZ saytida navbatdagi akciya bo'lib o'tdi.
To'rtta chempionatda (Angliya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya) "PES14" disklari va Italiya chempionatida futbolka o'ynaldi.

Ushbu akciyaning g'oliblari bilan tanishib oling:

"PES14" diski sohiblari:
"Outofstyle_England" (Angliya)
"f.c Lokomotiv" (Germaniya)
"SPAIN TASHKENT" (Ispaniya)
"UNITED 1" (Fransiya)

Italiya chempionatida esa "Xorazm2014" jamoasi eng ko'p ochko to'pladi va futbolka yutib oldi. Ushbu jamoani tuzgan ishtirokchi o'zining sevimli klubi futbolkasini sovg'a sifatida qo'lga kiritadi.

G'oliblar sovg'alarini olish uchun fifa-uz@list.ru elektron manziliga xat yo'llashlari mumkin.

P.S: Oldin xabar berilganidek 10 dekabrdan so'ng tuzilgan jamoalar akciyada ishtirok etishmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia