FIFA.UZ: Oliy liga-2015 g'oliblari 23 dekabr kuni taqdirlanadi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2015
2015 yil FIFA.UZ saytidagi oliy liga musobaqasida g'olib bo'lgan 3 nafar sovrindor taqdirlanadi.

23 dekabr kuni Odil Ahmedov va Temur Kapadzening do'stlari o'rtasidagi o'yin chog'ida uchala ishtirokchi medallar bilan taqdirlanadi.

1 (SAMAR 17) va 2-o'rin sohiblari (ILHOM) ma'lum. 3 va 4-o'rinlar saytimiz vakillari Nodirxo'ja Yuldashev va Behzod Nazarovga nasib etganligi uchun 5-o'rinni band etgan ishtirokchiga (i maxi) bronza medallari topshiriladi.

Biz yuqorida jamoasi nomi yozilgan uchala ishtirokchini ham 23 dekabr kungi tadbirga taklif etamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia