FIFAning 6 amaldori pora olganlikda ayblanib Cyurixda qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
27 may 2015
AQSH adliya vazirligi chorshanba kuni 6 nafar FIFA mansabdorlariga Nyu-York federal sudida ayblov qo'yadi.

Bu shahslar kecha tunda Cyurixda qo'lga olingan. Eslatib o'tamiz, qo'lga olish juma kuni bo'lib o'tadigan FIFA prezidentligi uchun saylovda oldin bo'lib o'tdi.

Ma'lum qilishlaricha, FIFA prezidenti Yozef Blatter qo'lga olinganlar orasida yo'q. FQB 3 yillik tekshiruv ishlaridan so'ng ushba shahslarni qo'lga oldi.

"The New York Times"ning ma'lumotlariga ko'ra, tergov 1990 yillardagi poralardan boshlangan. Gezetaning xabar qilishicha, qo'lga olinganlarning barchasi AQSHga ekstradiciya qilinadi. Ayblov qo'yiladiganlarning orasida FIFA ijro qo'mitasi vice-prezidenti Eugenio Figueredo, Kosta-Rika vakili Eduardo Li va FIFAning Trinidad va Tobagodagi vakili Jek Uorner bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru