FIFA "Yil futbolchisi" sovriniga davogar 3 futbolchi nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2018, 17:59
FIFA "Yil futbolchisi" sovrinining finalchilari ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatdan quyidagi futbolchilar joy olishdi:

Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Portugaliya terma jamoasi)

Luka Modrich ("Real", Xorvatiya terma jamoasi)

Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr terma jamoasi)

FIFA iyul oyida sovrin uchun 10 nafar futbolchi ro'yxatini taqdim etgan edi. Unda tepadagi davogarlardan tashqari Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Eden Azar ("Chelsi"), Garri Keyn ("Tottenxem"), Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi ("Barselona") va Rafael Varan ("Real") bor edi.

G'olib nomi 24 sentyabr kuni Londonda e'lon qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA