FIFA vakili Malayziyada qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018
FIFAning intizom qo'mitasi xodimi Sundra Raju advokati Chiu Vining so'zlariga ko'ra, uning mijozi Malayziyada qo'lga olingan.

Korrupsiyada gumonlangan Raju Cyurixdan kelgan samolyotdan tushishi bilan hibsga olindi. Keyinroq sud qo'lga olish orderini bekor qildi va Rajuni qo'yib yuborishdi.

"Sud Rajuda diplomatik immunitet borligini tan oldi. Uni hibsga olish mumkin emas, u bizning yurisdikciya subekti hisoblanmaydi" - deydi advokat.

Malayziya antikorrupcion qo'mitasning takidlashicha, Rajuni qo'lga olish tekshiruv ishlarini o'tkazish uchun kerak.

Bugun Sundra Raju Osiyo arbitraj markazi rahbarligi lavozimini tark etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Associated Press