FIFA terma jamoalar reytingi tizimini qayta ko'rib chiqishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 okt 2016
"Rossiya-2018" tashkiliy qo'mitasi bosh direktori Aleksey Sorokinning ma'lum qilishicha, FIFA terma jamoalar reytingini tuzish tizimini qayta ko'rib chiqadi.

"Jahon chempionatini tashkil qilish qo'mitasida jamoa reytinglari bo'yicha savol paydo bo'ldi, kengashning bir necha a'zosi tizim ayni damda to'g'ri ishlamayapti deb hisoblashmoqda. U o'rtoqlik uchrashuvlari soniga bog'liq. Kimdir kuchsizlar bilan, boshqalar esa kuchliroq jamoalar bilan o'ynashni istaydi, shu tufayli reyting chalkashib ketmoqda. Natijada FIFA mamuriyati reyting tizimi borasida takliflar bilan chiqishiga qaror qilindi. Bu yaqin oylar ichida amalga oshishi mumkin. Bu muammo FIFAning yanvardagi yig'ilishida muhokama qilinishi mumkin" - deyid Sorokin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС