FIFA Rossiya terma jamoasini mamlakatdagi barcha xalqaro o'yinlardan mahrum qilganini e'lon qildi, jamoa musobaqalarda o'z nomi, bayrog'i va madhiyasi bilan qatnashmaydi

Оқил Абдубарноев
28 fev 2022
FIFA Rossiyaga qarshi bir qator sankciyalar kiritdi.

Rossiya hududida xalqaro turnirlar o'tkazilmaydi. Uy uchrashuvlari neytral maydonlarda va tomoshabinlarsiz o'tkaziladi.

Rossiya terma jamoasi har qanday musobaqada "Rossiya" emas, "Rossiya Futbol Ittifoqi" nomi ostida ishtirok etishi kerak bo'ladi.

Shuningdek, Rossiya jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda Rossiya bayrog'i yoki madhiyasi ishlatilmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com