

FIFA tashkiloti yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan Pushkash sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi. E'tiborli jihati shundaki, ushbu ro'yxatga o'tgan yili O'zbekiston mezbonlik qilgan U-23 Osiyo kubogida kiritilgan gol ham kiritilgan. Avstraliya U-23 termasi a'zosi Alu Kyuolning Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda kiritgan goli Pushkash mukofotiga nomzod qilib ko'rsatilgan. Ushbu golni telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
To'liq ro'yxatda esa Mario Balotelli (Adana Demirspor / Son), Dimitri Payet (Marsel), Teo Ernandes (Milan), Alu Kyuol (Avstraliya U-23), Amandin Anri (Lion, ayollar jamoasi), Kilian Mbappe (Fransiya termasi, PSJ), Fransisko Gonsales (Sentral Kordoba), Marchin Oleksi (Varta), Salma Paralluelo (Vilyarreal, ayollar jamoasi), Risharlison (Braziliya termasi, Tottenxem) va Alessiya Russoning (Angliya ayollar termasi) gollari bor.



