FIFA prezidenti Rossiya terma jamoasining taqdiri haqidagi savolga qisqa javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2022, 08:12
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya terma jamoasining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Barchasini CAS hal qiladi. Barchasi ularning qaroriga bog'liq", - dedi Janni Infantino. 

Avvalroq, FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasi va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi. 

Rossiya esa bunga javoban CAS (Sport arbitraj sudi)ga murojaat qilgan. Bu borada yakuniy qaror aprel yoki may oyida ma'lum bo'ladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: «Р-Спорт»