

Polsha – Argentina (0:2) o'yinining 35-daqiqasida bosh hakam Danni Makkeli videotakrorni tomosha qilib, Voycex Shesni havodagi to'p uchun kurash natijasida Lionel Messining yuziga qo'li bilan zarba bergani uchun penalti belgiladi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, FIFA va JCH hakamlari rahbariyati bu qarordan mamnun va Makkelini qo'llab-quvvatlagan.



