

FIFAning "Tvitter"dagi rasmiy safihasida hozirgi futbol yulduzlarining retro qiyofalari chop etildi. Tashkilot "Barselona" va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi, PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe va PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarning 1970-yillarda qanday ko'rinishda bo'lishini taxmin qildi.



Eslatib o'tamiz, 1970 yilgi JCHni Braziliya qo'lga kiritgan. Braziliya finalda Italiyani 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.



