

Bu qaror kongress mobaynida FIFAga a'zo mamlakatlar tomonidan ovoz berish yo'li bilan qabul qilindi.
Tasdiqlangan islohot rejasiga ko'ra, federatsiya tuzilmasi boshida oldingidek FIFA kongressi qoladi. Tashkilot ijro qo'mitasi o'rniga FIFA kengashi ish boshlaydi va bosh kotiblik vazifalari qatiy chegaralanadi: Kengash bosh kotiblik majburiyati hisoblangan tijorat faoliyati ustidan nazoratga oid bo'lgan strategik va siyosiy muammolarni hal qiladi. Shu bilan birga kengash qo'mitalar va bosh kotibiyatlar faoliyatini nazorat qiladi.
Kengashni FIFA prezidenti boshqarib boradi va unga 36 kishi kiradi: Yevropa futbol associaciyalar ittifoqidan (UEFA) 9 nafar, Osiyo futbol konfederatsiyasidan (OFK) 7 nafar, Afrika futbol konfederatsiyasidan (AFK) 7 nafar, Shimoliy va Janubiy futbol konfederatsiyalaridan 5 nafardan va Okeaniya futbol konfederatsiyasidan 3 nafar. Kengashning kamida 6 vakili ayol bo'lishi kerak (har bir konfederatsiyadan kamida 1 nafardan). Kengashning har bir a'zosi o'ziga xos mezonlar bo'yicha tekshiriladi va bunga mustaqil kuzatuv qo'mitasi javob beradi.



