

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Blatter FIFA etika kodeksini buzgani uchun jazolandi. Bundan tashqari, 85 yoshli sobiq rahbar 1 mln Shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortildi.
Yozef Blatter bilan bir qatorda FIFAda bosh kotib bo'lib ishlagan Jerom Valke ham xuddi shuncha muddatga chetlatilganini qo'shimcha qilish lozim.
Eslatib o'tamiz, 2015 yil Blatter "jinoiy beparvolik" va "o'g'irlik"da ayblanib, FIFA tomonidan 8 yilga futboldan chetlatilgan va keyinchalik bu muddat 6 yilga qisqartirilgan edi.



