

FIFA 23 o'yini Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionati g'olibini bashorat qildi. Simulyator Jahon chempionatidagi o'yinlarni terma jamoalarning kuchiga qarab bashorat qilgan. O'yin yaratuvchilarining ma'lum qilishicha, Braziliya, Argentina, Fransiya va Germaniya terma jamoalari o'z guruhlaridan qiyinchiliksiz pley-off bosqichiga chiqishgan. Musobaqaning final o'yiniga esa Argentina va Braziliya terma jamoalari yetib kelishgan. Yakunda esa argentinaliklar g'olib bo'lishgan. Bronza medali uchun o'yinda Fransiya Portugaliyani enggan.

Simulyatorning bashorat qilishicha, Jahon chempionatining "Oltin to'p" sohibi Lionel Messi bo'ladi. "Oltin qo'lqop" esa Emiliano Martinesga nasib qiladi.
Ma'lumot uchun, FIFA o'yini oxirgi uchta Jahon chempionati g'olibini to'g'ri bashorat qilib kelmoqda.




