FFF prezidenti Zidanga qiziqish borligini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021
Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Gre termaning hozirgi ustozi Dide Desham JCH-2022'dan so'ng, lavozimida qolishiga qarshimasligini bildirgan.

Biroq, agar u jamoani tark etadigan bo'lsa, federatsiya prezidenti nomzodlardan biri Zinedin Zidan bo'lishini aytib o'tdi.

“Didening ketishi yoki davom ettirishni xohlamasligi tasavvur qilib ko'raylik. Ochig'i, bu yuz bersa, o'shanda hayolimizga Zidan keladi. Endigini jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik, shu tufayli hozir bu haqda gapirishning mavridi emas”, deydi Le Gre.

Deshamning amaldagi shartnomasi mundialdan keyin o'z yakuniga etadi. Zidan esa “Real”ni 2021 yil may oyida tark etdi va shundan beri ishsiz hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Equipe