Zidanga nisbatan nojoiz gaplarni aytgan Fransiya futbol federatsiyasi rahbari lavozimidan chetlatildi

Оқил Абдубарноев
11 yanv 2023
Noel le Gre Fransiya futbol federatsiyasi rahbari lavozimidan chetlatildi.

Le Greyni chetlatish to'g'risidagi qaror chorshanba kuni futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.

Endilikda Filipp Diallo Fransiya futbol federatsiyasini vaqtinchalik boshqaradi.

Avvalroq Noel le Gre Zinedin Zidan haqidagi so'zlaridan keyin tanqidlarga uchragandi. Ko'pchilik funkcionerni hurmatsizlikda aybladi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Fransiya futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasini boshqarayotgan Dide Desham bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: