Fernandu Santush: "O'yin shu qadar yopiq ediki, sabr bilan o'ynamasak, gol urolmasdik"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2022, 10:54
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Gana bilan kechgan JCH-2022 guruh bosqichi o'yinini (3:2) sarhisob qildi.

"Bizga tajovuzkorlik yetishmadi. Tanaffus paytida men sabr qilish kerakligini, lekin baribir natijani unutmaslikni aytdim. O'yin shu qadar yopiq ediki, sabr bilan o'ynamasak, gol urolmasdik.

Futbolchilar meni tushunishdi va hujumda harakatlarini o'zgartirishga harakat qilishdi, natijada penalti ishlab olishdi. Keyin kutilmaganda gol o'tkazib yubordik, bunga yo'l qo'ymaslik lozim edi.

Asosiysi, uch ochko qo'lga kiritildi. Urugvay va Koreya o'rtasidagi o'yinda qayd etilgan durang muhim emas", – dedi Santush.

"H" guruhida Portugaliya 3 ochko bilan peshqadamlik qilgan bo'lsa, Koreya (1), Urugvay (1) va Gana (0) uchinchi o'rinni egalladi.

Portugaliyaliklar 28 noyabr kuni 2-turda Urugvayga qarshi bahs olib borishsa, Gana terma jamoasi shu kuni Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola