Fernandu Santush nima uchun Ronalduni terma jamoaga chaqirmaganini aytdi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2018, 08:17
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronalduni nima uchun sentyabr oyidagi o'yinlarga chaqirmaganini tushuntirdi.

Yuventus bilan shartnoma tuzib bo'lganidan keyin u bilan gaplashib oldim. Yangi klubga moslashish jarayonida Ronalduni terma jamoaga chaqirmaslikka qaror qildim. U ham meni tushundi, – deydi Santush.

Portugaliya terma jamoasi sentyabr oyida Xorvatiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida va Italiya bilan Millatlar ligasi doirasida o'yin o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt