Fernandu Santush: Evro-2016dagi g'alabani unutish kerak

Narzulla Saydullayev
7 sen 2016
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH-2018 saralashi doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

O'yinni yaxshi boshladik, 15-20 daqiqada yaxshi o'ynadik, keyin Shveytsariya kuchaydi.

Raqib darvozamiz yoniga yaqinlashganida gol urdi. Biz Evro-2016dagi g'alabani unutishimiz kerak.

Odatdagidan ko'ra kuchsizroq o'ynadik. JCH-2018 saralashida boshqa bunday o'ynab bo'lmaydi, – deydi Santush.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com