Fernandino Agueroning ortidan "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin

Alisher
30 mar 2021
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino mavsum so'nggida klubdan ketishi mumkin.

Xavbekning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggida yakuniga etadi. Tomonlar o'rtasida shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar to'xtab qolgan va oldinga siljimayapti.

Fernandino katta ehtimol bilan bir necha oydan so'ng "Manchester Siti"ni tark etadi. Braziliyalik futbolchida boshqa klublardan takliflar bor.

35 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

→ Rasmiy xabar: Aguero "Manchester Siti"dan ketadi


AlisherMuallif
Manba: The Athletic