Fernandesh Saudiya Arabistonidan qiziqishlar haqida: "Taklif bo'lmaguncha mish-mishlarga quloq solmayman"

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistonidan bo'layotgan mish-mishlar haqida gapirdi.

"Qaysi jamoa, qaysi liga bo'lishidan qatiy nazar qiziqishlarning borligi - yaxshi belgi. Biroq hozir bor e'tiborimni "Manchester Yunayted" hamda terma jamoamga qaratganman. Hozir bo'lib turgan joyimda baxtliman.

Yaxshi oyni o'tkazdik. Biroq biz uchun mavsum yaxshi boshlanmadi. Lekin men uzoq muddatli loyihalarni o'ylamayapman. 

Transfer mish-mishlariga e'tibor qaratmayman. Oldin ham buni istamaganman. Oldimga aniq taklif bilan kelishmaguncha bunga e'tibor bermayman. Hozirgi kunda mish-mish tarqatish juda oson. Shu sababli doimo o'z maqsadlarim sari intilishim kerak", - dedi Brunu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal