Ferlan Mendi umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashishni boshladi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2021
"Real Madrid" klubining fransiyalik himoyachisi Ferlan Mendi jarohatdan forig' bo'ldi.

Jurnalist Arancha Rodrigesga ko'ra, Mendi bugun umumiy gurug'da mashg'ulot olib borgan.

Manbaning aytishicha, jamoa sardori Merselo esa maydonda to'p bilan individual tarzda ishlamoqda. 

Bundan tashqari, himoyachi Dani Karvaxal, yarim himoyachi Dani Sebalos va vinger Garet Beyl sport zalida mashg'ulot o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Real Madrid TV