Fergyuson: "Ronaldu - faqat g'alaba haqida o'ylaydigan o'zgacha futbolchi"

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2016
Afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikr bildirdi.

"Ronalduda futbolga bo'lgan mehr hayratlanarli va u har bir mashg'ulotni sabrsizlik bilan kutyapti. Krishtianu biror narsada o'sishni istaydi va faqat g'alabalar haqida o'ylaydi. Unga ko'proq muhim o'yinlar yoqadi. "Manchester Yunayted"da birga ishlagan paytlarimizda, Krishtianu hammadan tezroq o'sgan. U doimo ikkala oyoqda, boshda zarba berish va sakrash texnikasi ustida ishlagan. Odatda yuqori darajali futbolchilar 5-6 mavsum yaxshi o'ynashadi. Krishtianu Ronalduning darajasi 10 yildan beri bir darajada. Har bir avlodning o'zgacha futbolchisi bo'ladi, hozirgi darvda bu - Ronaldu" - deydi Fergyuson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild