Fergyuson "Brayton" o'zini "Manchester Yunayted"ga sotmaganidan xursand

Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023
"Manchester Yunayted" yozda "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, biroq "chaykalar" "qizil iblislar" taklifini rad etishdi.

Futbolchi voqealar rivoji shu kabi tus olganidan mamnun. Evan faoliyatining hozirgi qismini "Brayton"da o'tkazish foydaliroq deb hisoblaydi.

APL yangi mavsumida Fergyuson 6 o'yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com