"Fenerbaxche", "Rizespor" akademiyalari qatnashgan xalqaro turnirda "Bunyodkor-2011" bosh sovringa ega chiqdi, ikkinchi o'rin "Paxtakor-2011"ga nasib qildi

Iskandarov Abdulaziz
26 avg 2025
19-24 avgust kunlari Qozog'istonning "Aktau" shahrida turkiy davlatlarning eng yaxshi akademiyalari o'rtasida "Turan Cup" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada Turkiyaning “Fenerbaxche”, “Rizespor”, Ozarbayjonning “Qorabog'”, O'zbekistonning “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalari, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi, Qozog'istonning “Qayrat” hamda mahalliy “Kaspiy” jamoalari ishtirok etdi.


Miraziz Mirzaahmedov boshchiligida yosh "qaldirg'ochlar" musobaqa davomida barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, 100%lik natija bilan chempion bo'lishdi. Bosh sovrin uchun final bahsida Rahmatilla Muhammadrahimov ustozligidagi "Paxtakor-2011" mag'lub etildi. Ikki jamoamiz ham finalga qadar kuchli jamoalarni musobaqadan chiqarib yuborishdi. 


Guruh bosqichi:

"Bunyodkor" - "Fenerbahche" - 2:1

"Bunyodkor" - Qizg'iz milliy Akademiyasi - 1:0

"Bunyodkor" - "Qayrat" - 3:0

Guruh bosqichi:

Rizespor (Turkiya) - Paxtakor - 1:4

Paxtakor - Qorabog' (Ozarboyjon) - 2:0

Kaspiy (Qozog'iston) - Paxtakor - 1:2

Yarim final:

"Bunyodkor" - "Rizespor" - 6:2

"Paxtakor" - "Fenerbaxche" 4:1

Final:

"Bunyodkor" - "Paxtakor" - 5:0




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia