"Fenerbaxche" PSJ forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
27 dek 2019
PSJ hujumchisi Erik Shupo-Motingga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, turklar PSJ hujumchisi bilan yanvarda shartnoma imzolashga tayyorlar.

PSJ sport direktori Leonardo esa Shupo-Motingning ketishidan mamnun emas, sababi jamoaning boshqa bir forvardi Edinson Kavani "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

Eslatib o'tamiz, Shupo-Moting joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport