
Avvalroq, jamoa keyingi mavsum uchun licenziya olmagani ma'lum bo'lgandi.
"Shandun Lunen" yarim himoyachisi Maruan Fellayni "Standard"ga 3 million evro miqdorda qarz berib, moliyaviy jihatdan yordam berishga tayyor. Aynan shu klubda belgiyalik o'yinchi o'z professional faoliyatini boshlagan.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Standard" 5 mayga qadar licenziya olish uchun moliyaviy kafolat taqdim etishi lozim.