Feliks g'alabani Simeonening otasiga bag'ishladi

Mirjalol Normatov
3 apr 2022
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks LaLiganing 30-turi doirasida "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabani Diego Simeonening otasiga bag'ishladi.

"Matraschilar" bosh murabbiyning otasi Karlos Simeone mart oyi oxirlarida vafot etgandi.

"G'alabani Simeonega bag'ishlaymiz. U hayotidagi eng og'ir damni o'tkazdi, bu g'alaba uniki. Muvaffaqiyatli o'yinlar o'tkazish uchun jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar juda ko'p. Biz kuchli bo'lib boryapmiz.

Men esa o'zimni nafaqat jismonan, balki, ruxiy tomondan ham ishonchli his qilyapman", - dedi hujumchi.

Ushbu mavsumda Feliks LaLiganing 22 o'yinida qatnashib, 8 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal