Fekir faqat "Barsa" yoki "Real" sabab "Betis"dan ketishi mumkin

Alisher
1 may 2020
Yarim himoyachi Nabil Fekir "Betis"dan ketishni rejalashtirmayapti.

26 yoshli francuz "Milan" va "Arsenal" tomonidan qiziqish bo'layotganiga qaramay, klubda qolishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, Agar "Barselona" yoki "Real" Fekirga taklif bilan chiqsa, fransiyalik klubdan ketishni ko'rib chiqadi.

"Betis" Fekirni 2019 yilning iyulida "Lion"dan 19,75 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Futbolchi joriy mavsumda 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca