Fedor Smolovning goli "Olimpik"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
12 fev 2023
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Olimpik" jamoasi Moskvaning "Dinamo"siga qarshi nazorat o'yinida qatnashdi.

Unda moskvaliklar Fedor Smolovning 80-daqiqada penaltidan urgan goli evaziga g'alabaga erishdi.

O'rtoqlik o'yini

12.02.2023

13:00 (Toshkent vaqti bilan)

"Olimpik" - "Dinamo" (Rossiya) 0:1

Gol: F.Smolov 80 (pen.)

"Olimpik": 16.Dilshod Yo'ldoshev (1.Shukron Yuldashev), 18.Sardorbek Mahmudov, 92.Asadbek Rahimjonov (44.Shahzod Toirov), 5.Iskandar Bo'sinov, 28.Ahmadillo Muqimjonov (6.Behzod Shamsiev), 20.Mustafo Abdumannopov (23.Abdurauf Bo'riev), 10.Farruhbek Muxtorov (30.Jasur Jaloliddinov), 47.Nodirbek Abduholiqov (22.Laziz Ashurov), 99.Muhammadali G'iyosov (7.Ruslanbek Jiyanov), 17.Azamat Abdurashidov (9.Timur Mamasidiqov), 25.Rustam Azimov.

Zaxira: 19.Shohjahon Umarov.

"Dinamo": Shunin, Parshivlyuk, Marichal, Osokin, Laksalt, Normann, Sulakvelidze, Aleksandrov, Makarov, Grulyov, Tyukavin.

Zaxira: Budachyov, Kupcov, Dasa, Bessmertniy, Maystorovich, Fernandes, Skopincev, Maligin, Bokov, Smolov, Ngamalyo, Sazonov, Zazvonkin, Shagiaxmetov, Gagnidze, Kutickiy, Fomin, Gladishev, Ces.

Eslatib o'tamiz, "Olimpik" bugunning o'zida Toshkent vaqti bilan 18:00da Latviyaning "Valmiera" jamoasiga qarshi ham o'yin o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia