Federiko Valverde uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Vilyarreal” futbolchisi Aleks Baenaga hujum qildi

Alisher
9 apr 2023
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o'yindan so'ng yarim himoyachisi Aleks Baenaga zarba berdi, deb xabar berdi Marca.

Manbaning xabariga ko'ra, Valverde Baenani mehmon jamoalar avtobuslari to'xtab turgan joyda kutib turgan. “Real Madrid” futbolchisi ispaniyalikning yuziga zarba bergan. O'sha vaqtda “Real”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z g'alabasini nishonlayotgan “Vilyarreal” futbolchilar ushbu voqeadan so'ng shokka tushib qolgan.


AlisherMuallif
Manba: marca