Fayzullobek Jumanqo'ziev erkin agentga aylandi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2023
"Turon" yarim himoyachisi Fayzullobek Jumanqo'ziev erkin agentga aylandi.

25 yoshli joriy mavsum Coca Cola Superligasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi yakunlangan mavsumning birinchi davrasini "Buxoro"da o'tkazgandi.

Eslatib o'tamiz, "Turon" klub keyingi mavsumni Pro ligada boshlaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar