Fayzullobek Jumanqo'ziev "Buxoro"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2023
"Buxoro" klubini navbatdagi futbolchi tark etdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, yarim himoyachi Fayzullobek Jumanqo'ziev buxoroliklar safini tark etgan.  

Birinchi davrada Jumanqo'ziev "Buxoro" safida 11ta o'yinda maydonga tushdi va 459 daqiqa harakat qildi.

Ma'lumot uchun, bungacha "Buxoro"ni Ixtiyor Toshpo'latov, Ro'zimboy Ahmedov, Jasur Hasanov, Timur Ismoilov, Jasur Azimov va Nikola Stoshich kabi futbolchilar ham tark etgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia