Fayzullaev manfaatlarini himoya qiluvchi agentlik "Bavariya"ning qiziqishlari haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2024
Moskvaning SSKA jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev ishini yurituvchi ProSports Management kompaniyasining Osiyo loyihalari rahbari Qahhor Mo'minov "Bavariya"ning futbolchiga qiziqishi haqidagi mish-mishlar haqida to'xtaldi.

"Albatta, ko'plab klublarning skautlari Abbosni kuzatib borishmoqda, ko'pchilik qiziqish bildirmoqda. Ammo biz "Bavariya"ning qiziqishi haqida hech narsa bilmaymiz. Asosiysi, hozir u biroz dam olishi va SSKA safiga qo'shilib, mavsumga tayyorgarlik ko'rishi kerak", – dedi Mo'minov.

Avvalroq Rossiya OAV Fayzullaevga "Bavariya" qiziqayotgani haqida yozgandi. Shundan so'ng SSKA va "Bavariya" jamoalari sobiq a'zosi Ivica Olich 20 yoshli futbolchining darajasi haqida fikr bildirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com