

Futbolchining dublga erishishi uchun 100 soniya kifoya qildi. Fatining ikkala goliga ham Leo Messi hammualliflik qildi. Shu tariqa Fati La Liga tarixida dublga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. U kecha gol urgan vaqtda 17 yosh 94 kunlik edi.
Avvalgi rekord esa “Malaga” safida to'p surgan hozirda esa “Betis” a'zosi Xuanmiga tegishlib bo'lib, u 2010 yilda “Real Sosedad” darvozasiga ikkita gol urgan vaqtda 17 yosh 115 kunlik bo'lgan.



