Farzandidan 60 mln. rubl qarz bo'lgan PSJ posboni sudda yutqazdi, endi u topgan millionlarning bir qismi qizining hisobiga o'tadi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2024
Matvey Safonov aliment ishi bo'yicha sudda sobiq xotiniga yutqazdi.

Oldinroq, 25 yoshli PSJ posboni farzandiga aliment to'lamay kelgani uchun 60 mln. rubl qarzi borligi e'lon qilingan edi.

"Ha, sud Anastasiya va qizaloq foydasiga qaror qabul qildi.

Sud qarori bo'yicha Matvey Safonov Evgenevich 60 mln. rubl qarzini to'laydi va maoshini chorak qismini farzandiga o'tkazib beradi" - dedi futbolchi sobiq xotinining advokati.

Eslatib o'tamiz, Safonovning "Krasnodar"dagi maoshi 2 mln. evro edi. Darvozabonning huquqshunosi PSJda Matvey olayotgan maosh juda katta emas, ammo PSJ uchun yaxshi darajada degan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24