Farruh Sayfiev: "Murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajardik"

Iskandarov Abdulaziz
12 iyun 2023
O'zbekiston terma jamoasi kecha "CAFA Nations Cup-2023" musobaqasining birinchi turida O'monni mag'lubiyatga uchratdi (3:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamizning tajribali futbolchilaridan biri Farruh Sayfiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"O'yin yaxshi o'tdi. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Bu uch ochkoning qadri nihoyatda yuqori edi. O'mon bilan Osiyo kubogida o'ynaganmiz, yaxshi jamoa. Biz uchun har bir o'yin muhim hisoblanadi. Shu orqali Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Farruh Sayfiev. 

- O'mon terma jamoasi birinchi bo'limda O'zbekistonga o'z o'yinini ko'rsatishiga yo'l qo'yib berdi, deya olamizmi?

- Murabbiyning ko'rsatmalarini bajardik. Bu bizga qo'l keldi, deb o'ylayman. 

- Navbatdagi o'yinlardagi raqiblarimiz haqida fikringiz qanday?

- Kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Eronning asosiy tarkib bilan kelganiga munosabatingiz? Katta ehtimol bilan finalda forslar bilan to'qnash kelishimiz mumkin...

- Bu albatta ijobiy. Bunday jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz shart, deb o'ylayman. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia