Farruh Ikromov "Bunyodkor" mashg'ulotlariga qaytdi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2022
Futbolchi hozirda yakka tartibda mashq qilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Farruh Ikromov 2021 yilning 5 sentyabr kuni o'tkazilgan Shvetsiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgandi. Shundan so'ng, futbolchimiz Italiya poytaxti Rimdagi "Villa Styuart" klinikasida professor Mariani tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingandi. 

Bunyodkor klubining Turkiyada o'tkazgan bugungi mashg'ulotlarida Farruh Ikromov ko'rinish berdi. Futbolchi hozirda yakka tartibda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати