Farhod Tojiev ham FIFA.UZ da o'z jamoasini tuzdi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2014
2013 yildan e'tiboran FIFA.UZ saytida fentezi futbol bo'yicha O'zbekiston Professional Ligasi musobaqasi o'tkazib kelinmoqda.
Ushbu musobaqada barcha ishtirok etishi mumkin. SHU jumladan futbolchilar va murabbiylar ham. 2014 yilgi milliy chempionatimiz oldidan Lokomotiv futbolchilari ham o'z tarkiblarini tuzmoqdalar. Bugun matbuot hizmati vakillari xonasida bo'lgan Lokomotiv klubi hujumchisi Farhod Tojiev ham o'z jamoasii tuzdi.

- O'tgan mavsum ushbu musobaqani kuzatib borgan edim. Bugun men ham FIFA.UZ saytida o'z jamoamni tuzdim. Darvozada jamoadoshim Ignatiy Nesterovni oldim, himoyada esa Islom To'htaxo'jaev, Akmal Shoraxmedov, Davron Hoshimov va Maqsud Karimovni oldim. Yarim himoyada esa Jamshid Iskanderov, Artur Gevorkyan, Sardor Rashidov va Javlon Ibrohimov bor. Hujumda esa Igor Sergeev va o'zim o'ynayman va sizlarga va o'zimga ko'proq ochko keltiraman", - deb kuladi o'z jamoasiga sardorlik ham qiladigan Farhod.

Marxamat, O'zbekiston terma jamoasi va Lokomotiv futbol klubi hujumchisi Farhod Tojiev tuzgan tarkib bilan tanishing:




SIZ hali jamoa tuzmadingizmi? Shoshiling, o'zingizni murabbiy sifatida sinab ko'ring. FIFA.UZ da ishtirok etib do'stlar orttirish va sovg'alar yutib olish mumkin.

Birinchi tur uchun dedlayn 15 mart kuni soat 12:00da tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz