Sanjar Shoahmedov "Metallurg"da

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2026
Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Metallurg" jamoasi Pro liga bahslariga qizg'in ruhda hozirlik ko'rmoqda.

Jamoa tarkibi yangidan shakllantirilmoqda. Bekobodliklar ushbu jihatlarni hisobga olgan holda bir qator nomdor va tajribasi boy futbolchilarni tarkibga yig'moqda. O'tgan mavsumning birinchi qismini "Xorazm"da o'tkazgan yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov "Metallurg"ning Toshkentdagi yig'inida qatnashmoqda. U kecha "Lokomotiv" U-21 jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida ham maydonga tushdi.

Shoahmedov shu paytga qadar OKMK, "Lokomotiv", "Al Sayliya" (Qatar), "So'g'diyona", "Terenganu" (Malayziya), "Qizilqum", "Dinamo" jamoalari sharafini himoya qilgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia