Farhod Sohibjonov: "Turon"ni yutishimiz shart edi"

Narzulla Saydullayev
23 avg 2022
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Andijon" - "Turon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Farhod Sohibjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Biz mazkur o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Buni dastlabki daqiqalardan isbotladik va gol urishga muvaffaq bo'ldik. G'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish edi. Xudoga shukrki, bu vazifani bajardik.

Ikkinchi bo'limda biroz xotirjamlikga berilishimiz oqibatida ikki marotaba to'p olib chiqdik. Albatta, hisob 3:0 bo'lib turganidan keyin jamoani biroz xotirjam o'ynashimizga sabab bo'ldi.
O'zbekiston kubogida ham yaxshi maqsadlar qo'yganmiz. Yani, imkon qadar chempionlik uchun kurashmoqchimiz”, - deya fikrlarini yakunladi Sohibjonov. 




Foto. O'zbekiston kubogi. "Burgutlar"ning parvozi davom etgan o'yindan GALEREYA         

Video. O'zbekiston Coca Cola kubogi. "Andijon" - "Turon" 3:2. Highlights         

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Pro liga grandlari to'qnashuvida "Andijon" "Turon"ni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia