Farhod Sohibjonov: "Hisob 3:0 bo'layotgan paytda xotirjamlikka berilishimiz kerak emasdi"

Alisher
16 mar 2024
Joriy mavsumda mag'lubiyatsiz odimlayotgan "Andijon" Toshkentda "Surxon" bilan kuch sinashdi.

Termizliklar darvozasiga 3 ta gol urgan Aleksandr Xomyakov shogirdlari yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan so'ng jamoaning gollaridan biriga mualliflik qilgan Farhod Sohibjonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo ramazon oyi bilan barchani tabriklayman. Xudoga shukur g'alaba qozondik va muxlislarni xursand qildik. So'nggi daqiqalarda 2 ta gol o'tkazib yuborganimiz biroz yoqimsiz bo'ldi. Hisob 3:0 bo'layotgan paytda xotirjamlikka berilishimiz kerak emasdi. Eng muhimi 3 ochko bizniki bo'ldi. 

Qo'lga kiritilayotgan ochkolarda omadimiz kelyapti. Bundan tashqari mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. O'tgan yili bilsangiz 1:0, 2:1 hisobi ko'p bo'lgandi. Bu mavsumda hujumlardan maksimal darajada samara chiqaryapmiz",- deydi Farhod Sohibjonov.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia