Farhod Sohibjonov: "Bu biz uchun so'nggi final emas. Yuragim biroz og'rib qoldi"

Абдулвосит Бектемиров
6 okt 2024
O'zbekiston kubogi final bahsidan so'ng "Andijon" futbolchisi Farhod Sohibjonov saytimizga kichik intervyu berdi.

"Muxlislar birinchi marotaba bunday tarixiy final guvohi bo'lishdi deb o'ylayman. To'g'risi yuragim biroz og'rib qoldi(kuladi). Hissiyotlarni so'z bilan tasvirlab berishning iloji yo'q. Barcha muxlislarga va ota-onamga rahmat. Faoliyatimdagi birinchi finalda o'zim istagandek o'yin namoyish eta olmadim, lekin muhimi jamoam g'alaba qozondi. Bu biz uchun so'nggi final emas. Bugungi g'alaba bilan biz Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini ham qo'lga kiritdik. Xalqaro maydonda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Bugungi g'alabaning asosiy sabablari ishtiyoq va o'zimizga bo'lgan ishonch bo'ldi. Tanaffusda bosh murabbiyimiz bizga ko'proq motivaciya berdi. Ichimda barchasi biz uchun yaxshi yakunlanishi, ammo bu uchun kurashish kerakligini sezgandim", - dedi Farhod Sohibjonov.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia