Farhod Nishonov: "Ikkinchi bo'limda har tomonlama raqibga yutqazdik"

Khoja
29 may 2024
Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Olimpik-Mobiuz" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bir birinchi bo'lim davomida yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda har tomonlama raqibga yutqazdik. Xatolar ketidan xatolar va yuzaga kelgan bosim mag'lubiyatga sabab bo'ldi.

- Yirik hisobda mag'lubiyatni kutganmidingiz?

- Biz bugun g'alaba uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarda kayfiyat yaxshi edi. O'yinni zo'r boshladik, biroq shunga mos tugata olmadik.

- Jamoa oldidagi maqsadlar qanday?

- Jamoaning asosiy maqsadi 2028 yilgi olimpiada o'yinlariga qaratilgan. U-20 terma jamoa bazasini tayyorlashimiz kerak. Bundan tashqari oldimizda Superliga yo'llanmasi vazifasi ham turibdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia