Farhod Bekmurotov: "Qizilqum" safida eng xavfli futbolchi bu Ilhom Yunusov"

Narzulla Saydullayev
13 may 2016
"Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Farhod Bekmurotov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qizilqum"ga qarshi o'yinga Toshkentda tayyorgarlik ko'rdik. Barcha yigitlarning kayfiyati a'lo darajada. O'tgan turda o'z maydonimizda "Mashal"ni mag'lub etganimiz bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

Navoiy klubi bilan kubok bahsida ham to'qnash kelgandik. O'sha uchrashuvda ikkala jamoa asosiy futbolchilari bilan o'ynagandi. Biroq kubok va chempionat o'yini bir biridan farq qiladi. Hozirgi kunda istalgan jamoaga qarshi o'ynab ijobiy natija qayd etsa bo'ladi.

Raqib safida eng xavfli futbolchi deb Ilhom Yunusovni aytgan bo'lardim", - deydi Bekmurotov.

"Andijon" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia