Farhod Abdullaev OCHL–2017 turniri 3-turida hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) OCHL–2017 turniri “D” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Al-Vahda” (BAA) – “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.

Uchrashuv bosh hakami – yaponiyalik Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi ummonlik Holid Marhun Sulaymon al-Shaqsiga yaklatildi.

O'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, OFK hakamlar departamenti maslahatchisi va texnik eksperti Farhod Abdullaev mazkur o'yinda hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. Bangladeshlik Anvarul Haq uchrashuv komissari etib tayinlandi.

“Al-Vahda” – “Al-Hilol” uchrashuvi 14 mart kuni Abu-Dabi shahridagi Al Nahyan Stadium maydonida bo'lib o'tadi. 



Manba: the-uff.com