Farhod Abdullaev OCH U-23dan o'rin olgan ikkita uchrashuvda nazoratchi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2018, 11:30
Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida hakamlarimiz bilan FIFA instruktori hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham nazoratchi sifatida ishtirok etmoqda.

Farhod Abdullaev bungacha Osiyo chempionatining ochilish uchrashuvi hisoblangan Xitoy va Ummon terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hakamlar nazoratchisi sifatida ish olib borgandi.

Endilikda u 15 va 16 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan Xitoy – Qatar hamda Yaponiya – Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda nazoratchilik qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com