Farhod Abdullaev “Al-Daria” – “Al-Oruba” o'yinida nazoratchi bo'lib ishlaydi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016
OFK kubogi “S” guruhi 4-tur o'yinlari doirasidagi Falastinning “Al-Daria” hamda Ummonning “Al-Oruba” klublari o'rtasidagi o'yin rasmiylaridan biri sifatida o'zbekistonlik mutaxassis ishlaydi.

13 aprel kuni Falastinning Hebron shahrida o'tkaziladigan ushbu o'yinda o'zbekistonlik FIFA nazoratchisi Farhod Abdullaev uchrashuv hakamlari nazoratchisi sifatida ish olib borish uchun tayinlangan.

Takidlash kerakki, o'yinni iordlaniyalik hakam Ahmad Faysal Muhammad Alali boshqaradi. Unga qanotlarda Yusuf Idris Hasan (Iordaniya) va Manir Ahmad Dali (Bangladesh) yordam beradi. To'rtinchi hakam – Mizanur Rahmon (Bangladesh).

Uchrashuv komissari – Ahmad Shohir (Maldiv).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com