Farg'onadagi Kubok finalida ishlaydigan hakam O'zbekiston MTJ foydasiga ikkita penalti belgilaganini bilasizmi?

Narzulla Saydullayev
2 okt 2024
Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni Farg'onada 2024 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsni Holid Solih Al Turais (Saudiya Arabistoni) boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Bu hakam O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. Venesuelaga qarshi kechgan o'rtoqlik bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan. Al Turais o'sha uchrashuvda Venesuela darvozasi tomon ikkita penalti belgilagan. Jaloliddin Masharipov penaltidan gol ura olmagan bo'lsa, Jasur Yaxshiboev esa 11 metrli jarima to'pidan gol urgan.





"Navbahor" – "Andijon"
05.10.2024 | 17:00
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni
Bosh hakam:
Holid Solih Al Turais
Qanot hakmlari: Abdulrahim Habib Al Shammari, Muhammad Maki Alabakri
Zaxira hakami: Nayim Qosimov
VAR: Sulton Sanat Al Harbi
AVAR: Ahrol Risqullaev
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Zoxirjon Akramxonov 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia